Uyushma haqida
O‘zbekiston To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-dekabrdagi PF-5285-son qarori bilan tashkil etilgan.
Tarmoqning yettita yirik korxonasi kengashi tomonidan tashkil etilgan mazkur uyushma Nizomga ko‘ra, nodavlat notijorat tashkiloti bo‘lib, uning a’zolari 2 mingga yaqin korxona, shundan 1522 tasi tikuv-trikotaj, 448 tasi to‘qimachilik korxonalari va 6 tasi mashinasozlik korxonalari hisoblanadi.
Uyushmaning o‘zi o‘zbek to‘qimachilik ishlab chiqaruvchilari va tashqi investorlar, kompaniyalar va importyorlar o‘rtasida bog‘lovchi bo‘lib, to‘qimachilik va tikuvchilik sanoati sohasida boshqa davlatlar bilan aloqalar o‘rnatish va hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashmoqda.
Tashkilot faoliyati doirasiga korxonalar vakillari uchun aloqalarni o‘rnatish va ularni rivojlantirish maqsadida mamlakatda to‘qimachilik sohasining yuksalishi va uni dunyo bozorida tanilishini ta’minlaydigan xorijiy kompaniyalar, jahon brendlari va riteylerlar, ekspertlar, mutaxassislar va ma’ruzachilar ishtirokida yig‘ilishlar, forumlar, konferentsiyalar, seminarlar, davra suhbatlari, treninglar, ko‘rgazmalar tashkil etish va o‘tkazish kiradi.
Uyushma tomonidan yiliga ikki marta an’anaviy “To‘qimachilik haftaligi” o‘tkazilib, u turli mamlakatlarning soha mutaxassislari va ishlab chiqaruvchilarini bir platformada birlashtirib, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati yutuqlarini namoyish etadi.
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi milliy to‘qimachilik korxonalari va klasterlariga ko‘maklashishga qaratilgan turli loyihalarni amalga oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirmoqda. Loyihalar Xalqaro to‘qimachilik federatsiyasi – ITMF, Xalqaro moliya korporatsiyasi – IFC, Jahon banki, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati – GIZ, Amfori sertifikatlashtirish tashkiloti, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Evropa Iqtisodiy Komissiyasi – BMT EIK, Hindistonning CITI, Koreyaning KOFOTI, Rossiyaning Sanoat va savdo vazirligi va boshqalar kabi xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan birga amalga oshirilmoqda.
Dual ta’lim, standartlashtirish va sertifikatlashtirish, milliy brendlarni targ’ib qilish, ta’minot zanjirlarida barqarorlik va shaffoflikni oshirish, samaradorlikni takomillashtirish va boshqalar sohasidagi loyihalar milliy korxonalarga yuqori darajaga erishish va global brendlar va reteilerlar bilan hamkorlik qilish imkonini beradi.
Uyushma tarkibida eksport faoliyati, xalqaro standartlar va sertifikatlar olish, marketing va reklama, dizayn xizmatlari va boshqa sohalarda xizmatlar ko‘rsatuvchi kompaniyalar ham faoliyat yuritadi.
“Uztextileexport” MChJ – ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi bo‘lib, uning asosiy faoliyati to‘qimachilik sanoatining eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan. Batafsil ma’lumot…
Bog‘lanish uchun telefonlar: (+99871) 202-22-44 (401)
“Textile Standard Services” – toʻqimachilik, tikuvchilik-trikotaj korxonalari va xorijiy kompaniyalar bilan xalqaro sertifikatlashtirish, marketing, eksport va quvvatlar sohasida hamkorlik qilish sohasida oʻz faoliyatini amalga oshiruvchi konsalting kompaniyasi. Batafsil ma’lumot…
Bog‘lanish uchun telefonlar: (+99871) 202-22-44 (110, 161)
“To‘qimachilik mahsulotlari reklama va marketingi agentligi” MChJ faoliyati ko‘rgazma va ekspozitsiyaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish, mahalliy korxonalarni xalqaro maydonda targ‘ib qilish, savdo kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish va kengaytirish, mahalliy korxonalarning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini namoyish etishga ixtisoslashgan. Batafsil ma’lumot…
Bog‘lanish uchun telefonlar: +998 71 202 22 44 (249; 251; 252)
“Sharq liboslari dizayn markazi” MChJ – “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi qoshida faoliyat yurituvchi zamonaviy liboslar ishlab chiqarish sohasida faoliyat yurituvchi yetakchi korxonalardan biri hisoblanadi. Batafsil ma’lumot…
Bog‘lanish uchun telefonlar: (+99871) 202-22-44 (239)
“Yengilsanoatqurilish” MChJ yengil (toʻqimachilik) va boshqa sanoat tarmoqlari uchun sanoat obʼyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiya qilishga ixtisoslashgan. Batafsil ma’lumot…
Bog‘lanish uchun telefonlar: (+99871) 202-22-44 (234).